“Yilning eng faol talabalar teatr-studiyalari” tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalari faol ishtirok etdilar

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i rahbarligidagi filialning “Android” nomli talabalar teatr-studiyasi tomonidan “Eng dolzarb mavzu” yo‘nalishi bo‘yicha erkin mavzuda spektakl sahnalashtirish uchun tayyorgarlik ko‘rib, Farg‘ona viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr-studiyalari jamoalari tanlovida ishtirok etish maqsadida filial tyutоrlari – M. Meliqo‘ziyev, R. Karimovlar hamrohligida Qo‘qon shahrida joylashgan “Xamza” drama teatriga tashrif buyurdilar.

Filial jamoasi Farg‘ona viloyati oliy ta’lim muassasalaridan kelgan jami 7 ta jamoalar o‘rtasida murosasiz bellashuvda faol ishtirok etishdi.

Filialimiz tomonidan texnikum direktori ham tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.