“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali katta majlislar zalida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Farg‘ona shahar IIB boshlig‘i B.Hamroqulov hamda Talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan direktor maslaxatchisi A.Usmonov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov, filial psixologi S.Rahmonov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Salmonov, Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi J.Avazov, filial Matbuot kotibi R.Nabijonov, tyuterlar va 150 nafar talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda talabalar o‘rtasida bugungi kundagi kiberjinoyatlar, huquqbuzarliklar statistikasi bo‘yicha B.Hamroqulov atroflicha ma’lumotlar berib bu holatlarni oldini olish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berib o‘tdi.