Yoshlari bilimli boʻlgan yurtning kelajagi porloqdir

Farg‘ona viloyati Raqamli Texnologiyalar Markazida joriy  yilning 20-24 dekabr kunlari IT haftalik bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir Farg‘ona viloyati Raqamli texnologiyalar Markazi  tashabbusi bilan tashkillandi. Bunda,  IT Musobaqalar haftaligi doirasida bo’ladigan Ideaton musobaqasida yoshlar quyidagi yo’nalishlarda qatnashdilar:

  • tibbiyot;
  • taʼlim;
  • ijtimoiy soha;
  • turizm.

IT haftaligida iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularga oʻzlariga boʻlgan ishonchini shakllantirishga imkon berildi. Bu xayrli ishga oʻz hissasini qoʻshgan homiylar va hamkorlarimizni tashakkur izhor etamiz:

– Yoshlar agentligi

– Fargʼona viloyat hokimligi

– IT Park

– Margʼilon raqamli texnologiyalar markazi

– Innovatsion rivojlanish vazirligi

– ITeach academy

– TATU Fargʼona filiali

– Qoʼqon universiteti

– Royal taxi

– Teamwork milliy frilans platformasi

– Yoshlar kelajagimiz jamgʼarmasi

– Crud group

– Najot taʼlim

– Mohirdev taʼlim platformasi

– Onlinedars

Bunda viloyatdagi bir qancha tashkilotlar homiylik qilishdi. Ushbu homiylar qatorida TATU Fargóna filiali ham faol ishtirok etdi.

Ideaton-bu kelgusida shaxsiy texnologik biznesini yaratish maqsadida bir yoki ikki kun ichida gʻoyani ishlab chiqish va uni minimal hayotiy mahsulotga aylantirishga imkon beruvchi tadbir hisoblanadi.

Joriy yilning 20-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida  ushbu tadbirlar  doirasidagi Ideaton musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu haftalikda  TATU Farg’ona filiali Ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Polvonov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi boshlig‘i A. Salmonov, bo’lim muxandisi A.Abdulxamidov, tanlov komissiyasi tarkibidagi  tashrif buyurgan ekspertlar hamda filial professor-o‘qituvchilari, filialning 30 dan ziyod iqtidorli talaba-dasturchilari qatnashdilar.

2022 yilning 24 dekabr kuni Viloyati Raqamli texnologiyalar Markazi  IT musobaqalari haftaligining yakuniy taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.  Bunda, o‘quv yurtimiz jamoalari faol qatnashib, quyidagilar bo‘yicha g‘olib bo‘ldilar:

💡Ideaton musobaqasi yoʻnalishlari boʻyicha TATU Fargʻona filiali gʻoliblari:

🔹 614-20 guruh talabasi  Isaqjonov Lazizbek, “MIES” loyihasi;

🔹 653-20 guruh talabasi Isroilov Murodjon Ikromjon oʻgʻli, “MNI” loyihasi;

🔹 612-19 guruh talabasi Akbarova Mohigul Asrorjon qizi, “Innovatsion tarzda gazlardan zaxarlanishni oldini olish qurilmasi” loyihasi;

 🔹 631-20 guruh talabasi Sobirova Kamola Abduvoxid qizi “Smart oʻt oʻchiruvchi mashina” loyihasi bilan g’oliblikni qo’lga kiritishdilar.

Barcha gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotli vaucherlar bilan taqdirlandilar.