Ikkinchi ta’lim qabul kvotasi

2022/2023 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi

Respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitishga nomzodlardan arizalar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Bunda nomzodlar platformada:

  • oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
  • diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
  • hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.