Oʼzаro hаmkorlik hаmdа “mаster klаss” dаrslаri bo’lib o’tdi

OʼZАRO HАMKORLIK HАMDА “MАSTER KLАSS” DАRSLАRI OʼTISh VА

TАLАBАLАR BILАN UChRАShUV TАDBIRI HАQIDА

MА’LUMOTNOMА

                Joriy (2019-2020 oʼquv) yilning 12 fevral kuni TАTU Fargʼona filialining “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasiga karashli 2B B205 auditoriyada oʼzaro integratsiya va innovatsion hamkorlikni yanada kuchaytirish asnosida Elektromagnit Moslashuv Markazi DUK Fargʼona viloyat EMM xizmat 2-toifali muxandisi Karimov А.U va Аlimdjanov D. B va “Oʼzbektelekom” АK Fargʼona filiali maʼlumotlar uzatish boʼlimi administratori Qodirov B.B larning maʼruzalar tinglandi. Bunda TАTU FF “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi oʼqituvchilari O.S.Rayimjonova, N.Joʼraev, B.Turgunov, U.U.Iskandarov, , А.Komilov, L.Dalibekov, G.Joʼraeva, А.Tillaboyev, Sh.Ergashev, N.Mamasodiqovalar faol qatnashdilar.

Tomonlardan kelgan qatnashchilar bunday uchrashuvlarni rejalariga kiritgan va oʼtkazilishi nazoratdaligiga toʼxtaldilar. Barcha qatnashchilar Elektromagnit Moslashuv Markazi DUK Fargʼona viloyat EMM xizmat 2-toifali muhandisi Karimov А.U va Аlimdjanov D. B va “Oʼzbektelekom” АK Fargʼona filiali maʼlumotlar uzatish boʼlimi administratori Qodirov B.B larning maʼruzalarini qiziqish bilan tingladi. Savollar berib, qiziqqan savolariga javob oldilar. Hamda bunday ishlarini doimiy davom etlishiga urgʼu berildi. Respublikamiz va xususan Fargʼona viloyati telekommunikatsiya tizim va tarmoqlarida olib borilayotgan ishlar, yangiliklar, oʼzgarishlar va innovatsiyalar borasida gapirildi.

Jumladan “Telekommunikatsiya tizim va tarmoqlari” dagi innovatsion ishlar va ilmiy-amaliy yondashuvlarga bugun eʼtibor yanada jiddiy qaratilmoqda.

Kafedra mudiri: O.S.Rayimjonova                                                         

Yigʼilish kotibi: U.Iskandarov