Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirligi “Maʼrifat maydoni” Respublika tanlovini eʼlon qiladi

Tanlov 4 bosqichda: Oliy ta’lim muassasalarida dagi fakultetlararo, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan Oliy ta’lim muassasalar oʼrtasida, mintaqaviy hamda yakuniy final Respublika miqyosida oʼtkaziladi.

Ishtirok etuvchi jamoalar “Аdib hayoti”, “Tezkor savol-javob” va “Аdiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʼyicha oʼzaro bellashishadi.

Tanlovning final bosqichida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan jamoalarni qimmatbaho sovgʼalar va pul mukofotlari kutmoqda.

1-oʼrin uchun – 12 million soʼm,
2-oʼrin uchun – 8 million soʼm,
3-oʼrin uchun – 6 million soʼm.

TATUFF (Official) telegram kanaliga https://t.me/TATUFF_mt orqali aʼzo boʼling va bundan ham koʼp yangiliklar haqida birinchi boʼlib maʼlumotga ega boʼling