Axborot Texnologiyalari Markazi

alimirzo61011@gmail.com
(+99873) 226-95-31

Polvonov Alimirzo Qutbiddin o'g'li

Axborot Texnologiyalari Markazi boshlig’i

Markaz faoliyati haqida ma’lumot

Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy va multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.

Markaz xo‘jalik sub’ektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va TATU FF nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.

Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va TATU FF nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

Markaz quydagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:

  • axborot marketingni tashkil etish;
  • kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish;
  • axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish;
  • masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish;
  • horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash;
  • internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish;
  • hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash;
  • axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash;
  • ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish;
  • ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
  • seminarlar, konferensiyalar, tadqiqotlar, ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil qilish va o‘tkazish.

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun,      TATU FF intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish;
  • O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;
  • talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish;
  • ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
  • o‘quv va ta’lim tashkilotlariga texnik, axborot va metodik yordamni tashkil etish;
  • jahon axborot-kompyuter fazosida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;
  • yangi kurslar, metodik materiallarning elektron nusxalarini yaratish;
  • Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.

Biography

Accounting can be divided into several fields including financial accounting, management accounting, external auditing, tax accounting and cost accounting. Accounting information systems are designed to support accounting functions and related activities. Financial accounting focuses on the reporting of an organization’s financial information, including the preparation of financial statements, to the external users of the information, such as investors.

Currently, Professor John is focusing his research on individual investor behavior and company incentives to better understand how disclosure affects stock returns and to uncover possible mispricing. Nevertheless, John is conducting an new way of examination of analyst access to information, and he is investigating market reactions to natural issues and the impact that would occur on individual firms.

Education

  • 2011-2015 й. - Тошкент ахборот технологиялари университети Фарғона филиали, бакалавир
  • 2015-2017 й. - Тошкент ахборот технологиялар университет Фарғона филиалида магистранти

Publications

  • Auditor Tenure and Quality of Financial Report
  • Unexpected Fees and the Prediction of Material Weaknesses

Skills

Business Planning90%
Business Law70%
Lecture Skill100%