Qoʼqon shahrida joylashgan tarixiy obidalar va muzeylarga sayohatlar tashkil etildi

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 24-dekabrdagi 87-06-155-sonli xati ijrosi yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Fargʼona filialida amalga oshirilgan tadbirlar toʼgʼrisida

MА’LUMOT

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 24 dekabrdagi 87-06-155-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida filialning Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi I.Qosimov rahbarligidagi bir guruh talabalar tomonidan 2020-yil 25-yanvar kuni Fargʼona viloyati Margʼilon shaxridagi 1-sonli Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini viloyatimizda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Qoʼqon shahrida joylashgan tarixiy obidalar va muzeylarga sayohatlar tashkil etildi. Shu kuni Qoʼqon shaxridagi 7-sonli Musiqa maktabida oʼquvchilar uchun filial talabalari oʼzlarining madaniy dasturlarini sahnalashtirib, OTM-maktab hamkorligini ilgari surdilar.

Tadbirlardan olingan fotolavhalar:

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlim boshligʼi: А.Rayimov