1-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida «Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish» mavzusida o’quv seminari o’tkazildi

Ushbu tadbirda Farg’ona viloyati hokimi o’rinbosari Jamshid Xatamov, Marg‘ilon Shahar «Xudoyor Hoji» masjidi Imom Xatibi Axmadaliyev Abduvoxid, Farg’ona viloyati “Nuqtai nazar” gazetasi muharriri Madaminov Marufjon va filialning professor o’qituvchilari, tyutorlari va talaba yoshlar qatnashdi.

Ushbu tadbirda J.Xatamov ijtimoiy tarmoqdagi tahdidlar haqida, A.Abduraxmonov bugungi kunda ko’plab insonlarni o‘z domiga tortgan qimor o‘yinlar(1xbet) va ularning oqibati yaxshilikka olib kelmayotganligi haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbir so‘ngida filial direktori A.Rasulov talabalarga ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish haqida o‘z tavsiyalarini berdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati