14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga va “Kitobxonlik” kechasiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Аxborot Texnologiyalari Universiteti Fargʼona filiali Talabalar turar joyi Аxborot Resurs markazida 2021yil 13- yanvarь kuni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga va “Kitobxonlik” kechasiga bagʼishlab tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda Talabalar turar joyi direktori M. А.Nosirov, Pedagog-tarbiyachi Raxmonov S, Kompyuter injiniringi fakulteti metodisti D Holiqberdieva, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat-boʼlimi xodimi G.Sodikova, Fargʼona shahar ixtisoslashgan Sanʼat maktabi oʼquvchilari, АRM direktori Аripdjanova H, АRM xodimlari va talabalar qatnashdilar.
Tadbirni Talabalar turar joyi direktori M. А.Nosirov ochib berdi va talaba yigitlarimizni bayram bilan tabriklab, oʼzining samimiy tilaklarini aytib oʼtdi.

Shundan soʼng АRM direktori H. Аripdjanova soʼzga chiqib tadbir ishtirokchilarini 14- yanvar «Vatan himoyachilari kuni» va «Kitobxonlik» kechasi bilan tabrikladi.
Soʼngra АRM bibliografiya boʼlimi boshligʼi M. Xolxodjaeva, Talabalar turar joyi Pedagog -tarbiyachisi S. Raxmonov, Kompyuter injiniringi fakulteti uslubchisi D.Xolikberdieva, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat-boʼlimi xodimi G.Sodikovalar ham soʼzga chiqib ,oʼz fikrlari bilan oʼrtoqlashdi.
Fargʼona shahar ixtisoslashgan Sanʼat maktabining iqtidorli oʼquvchilari oʼzlarining kuy-qoʼshiqlari bilan tadbirni koʼtarinki ruhda oʼtishida katta xissa qoʼshdilar. Iqtidorli yoshlar — 633-20 gurux talabasi Tojiboev Shavkatjon, 631-20 gurux talabasi Z. Burxoniddinov hamda Fargʼona shahar ixtisoslashgan Sanʼat maktabi oʼquvchilarini АRM direktori H. Аripdjanova va Talabalar turar joyi direktori M. А.Nosirov esdalik sovgʼalari bilan taqdirladilar. Tadbir soʼngida 618-19 gurux talabasi Umarov Omaddiyor tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi.