2021/2022 oʻquv yili uchun talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha quyidagi elektron tizimlar orqali roʻyxatdan oʻtkazilmoqda

➡️ respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar – transfer.edu.uz;

➡️ xorijiy mamlakatlardagi hamda Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga koʻchirish boʻyicha arizalar – transfer.dtm.uz.

? Ro’yxatdan o’tishda xoxlasangiz biometrik, xoxlasangiz zagran pasport ma’lumotini kiritishingiz mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringiz bazadan ko’rinsa bo’ldi.

? Transfer.dtm.uz saytiga zagran yoki biometrik pasportni yuklanmaydi❌

? Pasportdagi kirdi-chiqdi pechatlarni ham saytga yuklamang❌

? Oliygohning sertifikat, litsenziya yoki boshqa hujjatlarini ham saytga yuklamang❌

? Saytda imkon qadar lotin yozishga harakat qiling.

? Oliygohingiz va ta’lim yo’nalishingizni o’zbek tilida yozish maqsadga muvofiq

? Ariza to’ldirilganidan so’ng uni tahrirlash bo’limiga kirsangiz, yuklagan faylingiz yo’q bo’lib qoladi. Shu sababli faylni qaytadan yuklaysiz

? Arizangiz qabul qilingan yoki qilinmaganini hali-beri bila olmaysiz.

? Shaxsiy kabinetga kirib «ariza holati» degan joyini tekshirib turing

? Transkriptda yo’nalish to’liq yozilmagan bo’lsa ma’lumotnomani ham ilova qiling.

? Sirtqi (DOT) yozuvli transkript uchun rasman bu yil ruxsat beriladigan bo’ldi, ya’ni pandemiya sababli sirtqi ta’lim shakli bo’lsa ham transkriptlarga «DOT» so’zi qo’shib yozilmoqda, bu endi muammo emas.

☝️Lekin haqiqiy masofaviy ta’lim shaklida tahsil olganlar uchun o’qishni ko’chirishga ruxsat yo’q❌

? Transkriptda 1-semestr baholari ochiq qolmaganiga ahamiyat bering.