9-may-“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali mas’ul xodimlari Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan serjant Madolimov Qaxramon Nishonboevich uyiga tashrif buyurdilar

9 may – “Xotira va Qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan tabriklash jarayonlarida Mustaqillik yillarida Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash yo‘lida jon fido qilgan jasoratli o‘g‘lonlar xonadonlarida ham bo‘lib, ularning porloq xotirasi yodga olindi. Jumladan, 2021 yil 6 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Tolipov, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi hamda Kompyuter injiniringi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari А. Salmonov, N.Ibragimov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i А.Rayimov va uslubchi N. Nizomiddinovalar Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan serjant Madolimov Qaxramon Nishonboevich yashagan Quvasoy shahar Sufiyon MFY Behizor ko‘chasi 16-uyga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Madolimov Qaxramonning oila aʼzolari holidan xabar olinib, turmush oʼrtogʼi Madolimova Zuxra va qizi Zaynuraxonlar bilan yaqindan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, Mustaqillik yillarida Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash yo‘lida fidokorona xizmat burchini ado qilganligini eslab, porloq xotirasi yodga olindi.