Amerika Qo‘shma shtatlarining Ogayo Shtati Cincinnati universitetining Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, BSIT darajasi bo‘yicha direktor yordamchisi, professor McMahon Russell Edward tashrif buyurdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga Amerika Qo‘shma shtatlarining Ogayo Shtati Cincinnati universitetining Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, BSIT darajasi bo‘yicha direktor yordamchisi, professor McMahon Russell Edward tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 20-21 aprel kunlari filialning iqtidorli va bilimga chanqoq talaba yoshlariga qiziqarli “Mahorat darslari” o‘tib berdi.

Talabalarimiz tomonidan mutaxassisga bir qancha savollar berildi va ular berilgan savollarga tegishli javobni olishdi.