Aziz ustozlar, qadrli hamkasblar va talaba yoshlar!

Yurtimizga barchamiz orzuqib kutgan, go’zal va dilbar fasllar malikasi bo’lmish bahorning yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr-oqibat ayyomi Navro’zi olam kirib kelmoqda.

Sizlarni talaba yoshlarimizga chin dildan bilim, mehr, e’tibor berishni o‘zlarining professional burchi deb biladigan, har qanday sharoitlarda ham ko‘tarinki kayfiyat ila talabalarimizga dars berayotgan ustoz va murabbiylarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Hurmatli talaba yoshlar sizni Vatanimiz kelajagi uchun xizmat qilishni o’zingizning oliy maqsadingiz deb bilib, qilayotgan harakatlaringizdan umuman to’xtamasligingizni, bilim olishdan charchamasligingizni, yurtimiz uchun kerakli kadr bo’lib yetishishingizni tilab qolaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.

Navro’z bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati