«Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan «Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida davra suhbati o‘tkazib kelinmoqda.

Ushbu tadbir davomida filial Ilmiy bo‘lim boshlig‘i S.Zokirov hamda magistratura bitiruvchi guruh sardorlari bilan «Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida direktor maslahatchisi A.Usmonov, filial profilaktika inspektori A.Mirzaliyev qatnashdi.