Deputat bilan uchrashuv

✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi aʼzosi Jabborov Umid Raxmonovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi. Deputat talabalar bilan uchrshuvda yoshlarni ish bilan ta’minlash va zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratdi.

📜 Tashrif davomida U.Jabborov filialda amalga oshirilayotgan ishlar, hususan yangi qurilayotgan talabalar turar joyi qurilishi, «Student office» loyihasi hamda talabalar tomonidan yaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

Farg’ona shahar MFYdagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarini axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligi bo’yicha savodxonligini oshirishga mo’ljallangan o’quv kurslari tashkil etish yuzasidan Farg’ona shahar hokimligi bilan kelishib olindi.