Farg’ona shahriga barbo etiladigan Ekoshaxar hududida tashkil etilayotgan “Yangi O’zbekiston” bog’iga daraxt ekish katta tantana bilan boshlandi

“Yangi O’zbekiston” Bog’i Farg’ona Shahar “Ilg’or” mahalla fuqarolar yig’ini hududida 70 gektar maydonda barpo etildi. Farg’ona shahri mahallalarining 1000 dan ziyod vakillari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, harbiylar va TATU Farg’ona filiali jamoasi ishtirokida katta tantana bilan o’tkazildi.

Daraxt ekish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, Viloyat sektorlari rahbarlari, O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo’yicha mastlahatchisi o’rinbosari Olim Saliyev ham yangi bog’da daraxt ekish jarayonida qatnashdi.