Farg’ona tumani Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 29-o’rta ta’lim maktabi 9-10-11 sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga hujjat topshirib talabalar safiga qo‘shilish istagidagi maktab o’quvchilari uchun Universitet faoliyati, yo‘nalishlari haqida kerakli ma’lumotlarni olish, yaqindan tanishtirish, o’quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida filialga bugun Farg’ona tumani Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 29-o’rta ta’lim maktabi 9-10-11 sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida Filialimiz direktori A.Rasulov tomonidan bir qancha tavsiyalarga ega bo’ldilar. Shu bilan bir qatorda Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Kadirov tomonidan o’quvchilarga filialda yaratilgan sharoitlar va o’quv jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati