Filial talabasi «Kurash Malikalari» nomli viloyat «Hokimi sovrini uchun» oʻtkazilgan musobaqada III Darajali Diplom sohibasi aylandi

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali TI va KT fakulteti 620-19 guruh talabasi Sotvoldiyeva Moxiraxon
🤼‍♀ 8-mart — «Xalqaro Xotin-qizlar kuni» munosabati bilan ayollar oʻrtasida sportning kurash turi boʻyicha «Kurash Malikalari» nomli viloyat «Hokimi sovrini uchun» oʻtkazilgan musobaqada 78 kg vazn toifasi bilan III Darajali Diplom sohibasi boʻldi.

🏆 Moxiraxonning bu erishgan yutug’i bilan faxrlansak arziydi. Sportchi qizimizning keyingi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.