Filialda kasaba uyushma a’zolarini ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga mo’ljallangan dolzarb muammolar yuzasidan “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi bajarilishini, 2021 yil yakuniga qaratilgan mehnat jamoasi konferensiyasi hamda kasaba uyushma a’zolarini ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga mo’ljallangan dolzarb muammolar yuzasidan “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiyada zoom online platformasi orqali fililaga biritktirilgan akademik litsey va texnikumlar ham ishtirok etishdi.

Ochiq muloqotda TATU kasaba uyushmasi raisi S.Jumayev Yuristkonsult T.Tojibayevlar tomonidan savollarga javoblar berildi.

Tadbir so’ngida eng quvonarli holat filialimizning 2 nafar professor ustozlarniga 60 yoshga to’lganligi uchun butun jamoa nomidan sovg’a va qimmatbaho sovga’lar topshirildi.