FILIALGA KOREYA MILLIY TEXNIKA UNIVERSITETI MAGISTRANTI IBRAGIMOV AHADJON TASHRIF BUYURDI.

2020- yil 8-yanvar kuni filialga Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i B.Orifjonov taklifiga binoan filialning sobiq talabasi, nufuzli Korea National University of Transportation (Koreya milliy texnika Universiteti) magistranti Ibragimov Ahadjon tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar bilan bir qancha uchrashuv va master klasslar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida A.Ibragimov horijiy nufuzli OTMlarda tahsil olish imkoniyatlari, shariotlar va muammolar haqida o’z tajribasidan kelib chiqqan holda talabalarga kerakli ma’lumotlar va tavsiyalar berib o’tdi. Xalqaro IELTS, TOEFL sertifikatga va TOPIC ballariga ega talabalar o’zlari uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Master klass yakunida A.Ibragimov talabalarga o’z karyeralarida muvaffaqiyat tilab, har qanday yordamga tayyor ekanligini bildirib o’tdi