Filialimizda “axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha” seminar trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar  sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “Texnik ko‘maklashish markazi” davlat unitar korxonasining 2019 yil 5 noyabrdagi 01-20-01/1359- sonli xatiga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida joriy yilning  19 noyabr kuni “Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha” seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar treningni Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar  sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “Texnik ko‘maklashish markazi” mutaxxasislari Farxod Abdusalomov va Ulug‘bek Malikovlar olib bordilar.

Seminarda filial proffessor-o‘qituvchilari, magistrantlar, talaba-yoshlar va soxa vakillari ishtirok etdilar.

Seminar treningni dastlab Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar  sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “Texnik ko‘maklashish markazi” mutaxxasisi Farxod Abdusalomov “Axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari” mavzusida olib bordi va bugungi kunda axborotni himoya qilish usullari, vositalari va bugungi globallashuv  jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarida axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

“Texnik ko‘maklashish markazi” mutaxassisi Ulug‘bek Malikov ham “Axborot xavfsizligini ta’minlashda inson omillari” mavzusida ma’ruza qildi va Axborot xavfsizligiga insonlar tomonidan bo‘ladigan taxdidlar, xujumlar va insonlar tomonidan ro‘y beradigan xatoliklar haqida so‘z yuritdi. Asosan ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta, autentifikatsiya va identifikatsiya jarayonlari, parollash siyosatidagi ro‘yo beradigan xatoliklar va xavfsizlik talablari haqida ma’lumotlar burib o‘tdi.

Seminar mashg‘ulot davomida talabalar va magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.