Filialning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari Bahromjon Djalilov Odiljonivich «Innovatsion g’oyalar yetakchisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qarori bilan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan.

Joriy yil respublika miqyosida 428 ta loyihalar ko’rib chiqilgan bo’lib, yakunida Respublika Komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar tanlab olindi.

Nomzodlar orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari Bahromjon Djalilov Odiljonivich ham o’z loyihalari bilan qatnashib, «Innovatsion g’oyalar yetakchisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.