Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar hozirgi epidemiolgik vaziyatdan kelib chiqqan holda koronavirusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

Qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning!

Yuz-ko‘zingizni toza bo‘lmagan qo‘l bilan ushlamang!

Uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!

Odamlar oldida yo‘talganingizda yoki aksirganingizda og‘zingiz va burningizni dastro‘mol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan to‘sing!

Shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!

Ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurilgan taomlardan iste’mol qiling, iste’mol qilinayotgan go‘sht va sut mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qiling!

Isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling!

Yuz niqoblaringizni har 2-3 soatda almashtring. O‘quv xonalarini tanafus vaqtida tez-tez shamollating.

Ishlatilgan niqoblarni maxsus chiqindi qutilariga tashlang. 

Eng asosiysi — shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!

Agar sizda kasallik alomatlari sezilsa, darhol filial tibbiyot hodimlariga murojat qiling.

Agarda sizda COVID-19 koronavirusi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.