Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari Polvonov Baxtiyor iqtidorli talabalar bilan uchrashuvda g‘oyalar, loyihalar va startuplar bo‘yicha ma’lumot berdi

Joriy yilning 25-aprel sanasida filial Inkubatsiya va akseleratsiya markazida Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari Polvonov Baxtiyor iqtidorli talabalar bilan uchrashuvda g‘oyalar, loyihalar va startuplar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan 2021 yil 22-27 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan InnoWeek 2021 haftaligida «Bo‘lajak olim» tanlovi g‘olibi TATU Farg‘ona filiali 3-bosqich talabasi hamda IT-PARKning “Startup” lar bo‘yicha menedjeri Boltaboyev Ilhomjon tomonidan filialimiz talabalari uchun maxsus seminar — trening o’tkazildi.

Seminarda InnoWeek 2021 haftaligida erishgan yutuqlari haqida va olgan taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi. Shuningdek,
🔹Startap va MVP haqida;
🔹Startaplarda monetizatsiya;
🔹Loyihaga grant mablag‘larini yutish;
🔹50 000$ lik AloqaTechLab;
🔹80 000$ lik «Bo‘lajak olim» startap loyihalar tanlovi
mavzulari yuzasidan talabalarga ma’lumotlar va tavsiyalar berdi.