Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yosh olimlarini barcha fan yo‘nalishlarida qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan tanlov e’lon qiladi!

❗️Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

✅stajirovka o‘tashga mutaxassislik fani va xorijiy tillarni o‘zining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan darajada biladigan, yoshi 20 dan 40 gacha bo‘lgan nomzodlar yuboriladi;

✅nomzodlar bir yil davomida ikki marotaba yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) stajirovka o‘tashga g‘olib sifatida ma’qullanishi mumkin emas;

✅tanlovlarda g‘olib deb topilgan nomzodlar stajirovka o‘tab kelgandan hamda mazkur stajirovka bo‘yicha hisobot taqdim etgandan so‘ng navbatdagi kalendar yilidagi e’lon qilingan tanlovlarga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.

Batafsil: https://mininnovation.uz/oz/contest/post-592