Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan 22-27 kunlari bo’lib o’tayotgan InnoWeek 2021 haftaligida Bo’lajak olim tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

Tanlovda TATU Farg’ona filiali 3-bosqich talabasi Boltaboyev Ilhomjon «Tibbiy yordamchi» loyihasi bilan g’olib deb topilib, loyiha 171 000 000 so’m qiymatda vazirlik tomonidan to’liq moliyalashtirilishi belgilandi. Ushu loyiha TATU Farg’ona filiali hamda B.Djalilov boshchiligidagi IT Park Farg’ona filiali hamkorligida amalga oshiriladi. Taqdirlash marosimida Inovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonov ishtirok etib, g’oliblarga maxsus sertifikat va esdalik sovg’alar topshirdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati