IT Park Fargʻona filialida Davlat axborot tizimlarini yaratish boʻyicha yagona integrator — UZINFOCOM kompaniyasi vakillari R.Xudoybergenov, M.Sultonov hamda T.Madrahimovlar ishtirokida yoshlar bilan ochiq suhbat boʻlib oʻtdi.

🎙 Suhbat davomida 100 nafarga yaqin dasturchi yoshlar bilan viloyatda yangi dasturchilar jamoasini shakllantirish, zamonaviy yoʻnalishda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha savol-javob suhbati boʻlib oʻtdi.

🧑🏻‍💻 Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabalari faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻla qonli javoblar oldilar. Bundan tashqari dasturlashga endi kirib kelgan boshlangʻich dasturchilar ushbu jamoada oʻz bilim hamda koʻnikmalarini orttirib borishlari mumkinligi tushuntirildi.

💵 Ish haqi esa boshlangʻich 3 mln soʻmdan 20 mln soʻmgacha mutaxassis tajribasi va koʻnikmasiga qarab individual belgilanishi, ishga qabul qilish boʻyicha alohida suhbatlar tashkil etilishi kelishib olindi.