IT park rezidenti Shamsiddinov Muhammadali ishtirokida talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida Farg’ona viloyat IT park rahbari Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori Jalilov Bahromjon hamda IT park rezidenti Shamsiddinov Muhammadali ishtirokida talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

⚡️ Talabalarga Grafik Dizaynerlik, SMM marketing sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi.

💻 Uchrashuvda filial direktori Farrux Muxtarov tashabbusi bilan «Ali Dizayn» o’quv markazida Grafik Dizayn sohasi bo’yicha 10 nafar talabalar bepul o’qish uchun Direktor GRANTI e’lon qilindi.

✅ Shu sohaga qiziqadigan talabalar uchun bu katta imkoniyat ekani taʼkidlab o’tdi.