“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

🟢Farg‘ona viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari J.M.Xatamov tashrif buyurdi, shuningdek davra suhbatida filial direktori A.Rasulov (https://t.me/AkbaraliRasulov), direktor maslahatchisi A.Usmonov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i va uslubchilari, fakultet dekanlari, tyutorlar hamda 250 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

🟢Ochiq muloqotda Jamshid Muxtorovich tomonidan talabalarimizga bugungi kunda din niqobi ostida yosh avlodni turli xil vayronkor g‘oyalarga ergashtirishni maqsad qilgan oqimlardan saqlanish hamda ichki va tashqi tahdidlarga qarshi turishda kerakli ma’lumotlar, tavsiyalar berildi.