Joriy yilning 8-oktabr kunida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialiga Yaponiyaning “Yamato IT academy” Farg’ona filiali vakili Valixonov Axrorxon Maxsudovich tashrif buyurdi

Tashrifi davomida filial talaba yoshlari bilan davra suhbati o’tkazdi. IT akademiyaning shart-sharoitlari bilan, o’qitish tizimlari bilan talabalarni tanishtirdi.

O’qish muddati 3 yil:
1-yil: HTML5, CSS, Java, PHP, Phyton, Yapon tili.
2-yil: Project Manager kurslari
3-yil: Loyihalar bilan ishlash.

O’qish shartlari:
GRANT asosida 80 kishi
Dasturlash kurslari bepul
Yapon tili – 200 000 so’m oyiga
KONTRAKT asosida 80 kishi
Dasturlash kurslari — 400 000 so’m
Yapon tili – 200 000 so’m oyiga


Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga akademiya vakilidan javoblarni olishdi.

Batafsil ma’lumot uchun +998 99 010 91 88