“Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalari” mavzusida profilaktik suhbat o’tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi tomonidan, filialning Kompyuter injiniringi fakulteti professor-o’qituvchilari, tyuterlar hamda fakultet xodimlari bilan korrupsiya xavf-xatarlarini oldini olish va manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik yuzasidan profilaktik suhbat o’tkazildi.

Suhbat davomida fakultet professor-o’qituvchilari, tyuterlar xamda fakultet xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalari”ga hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishda intizomli, halol va adolatli bo’lishga chaqirildi.