Kvotalar to’liq tasdiqlandi, endi DTM saytida yo’nalishlarni tanlash mumkin

Davlat qabul komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi, deya xabar bermoqda (https://t.me/dtmuzb/3582) DTM.

Endilikda abiturientlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo’limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo’lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo’nalishini tanlashlari mumkin.

Abiturientlarni onlayn ro’yxatga olish joriy yilning 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) davom etadi.

Mazkur muddat davomida abiturientlar o’z ma’lumotlarini o’zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo’ladigan bo’lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

TATU Farg’ona filiali axborot xizmati