Magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Hurmatli TATU Farg‘ona filiali magistraturasiga hujjat topshirgan abituriyentlar!

TATU Farg‘ona filiali magistraturasiga mutaxassislik fanlaridan kirish imtihoni 13.08.2021 kuni o‘tkazilishi ma’lum qilamiz.

Imtihonlar TATU Farg‘ona filiali 1-o‘quv binosida bo‘lib o‘tadi.

Sizning qaysi vaqtda va guruhda bo‘lishingiz to‘g‘risida telefon raqamingizga SMS xabar yuborildi. Shu sababli, belgilangan vaqtdan kech qolmagan holda yetib kelishingiz va o‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz (pasport)ni olib kelishingiz so‘raladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998903021675