Magistraturaga kim qaysi yo‘nalishga topshira olishi mumkinligi aniq bo‘ldi

Bu yilgi qabuldan istalgan yo‘nalish magistraturasiga emas, faqat turdosh yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin.

Masalan, bu yil yuridik yo‘nalishda magistraturada o‘qishni xohlaganlar yurisprudensiyani tugatgan bo‘lishlari shart. Lekin ayrim mutaxassisliklar uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati kattaroq. Masalan, iqtisod ta’lim yo‘nalishlari uchun.

Ba’zi yo‘nalishlar, masalan, jahon iqtisodiyoti uchun turdosh yo‘nalishlar ko‘rsatilmagan. Bu degani yo‘nalishga faqat jahon iqtisodiyotini tugatganlar hujjat topshira olishini anglatadi.

Ma’lumot uchun: magistraturaga qabul magistr.edu.uz veb-sayti orqali davom etyapti.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati