“Ma’rifat maydoni” tanlovi e’lon qilindi

Diqqat tanlov!!!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-martdagi 48-sonli buyurug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona
filiali talabalari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” tanlovini o‘tkaziladi.

Tanlov mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlantirish, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadini ko‘zlaydi. Shu jumladan, talabalar-yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ulami rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi.

Tanlov shartlari bilan tanishing!

  1. Tanlovda ishtirok etuvchi jamoa a’zolari 10 nafargacha tarkibda shakllantiriladi.
  2. l-shart. “Adib hayoti”
    2-shart. “Tezkor savol-javob”
    3-shart. “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”
  3. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.Tanlovning l-bosqichi filialdagi fakultet jamoalari o‘rtasida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
  4. Tanlovning 1-bosqichida ishtirok etgan barcha jamoalarga filialning sertifikatlari topshiriladi.‌‌
    5.Tanlovning 2-bosqichi fakultetlararo mazkur amalga oshiriladi.
  5. Tanlovning 1, 2- bosqichlarida faqat l-o‘rinni egallagan jamoaga keyingi bosqichga ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.

Ma’rifat maydoni nizomi: Yuklab olish

Ma’rifat maydoni ishchi guruh: Yuklab olish

Ma’rifat maydoni: Yuklab olish