«Matonat maktabi marafoni» doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiyachilarning Matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Zangiotadagi IIB huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 24-son Tarbiya koloniyasida «Matonat maktabi marafoni» doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda taniqli para sportchilar orasida TATU Farg’ona filiali o’quv bo’limi xodimi Farxodjon Saidov ham ishtirok etib, o‘zlarining muvaffaqiyat yo‘llari haqida so‘zlab berishdi.