«Mehr kuni» ezgu aksiya tadbiri o’tkazildi

Fargʼona viloyati Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan oʼtkazilayotgan “АVTOMOBILSIZ KUN” aktsiyasi doirasida 2020 yil 14 fevral kuni “MEHR KUNI” ezgu aktsiya tadbiri oʼtkazildi. Ushbu tadbirda Fargʼona viloyati YHXB podpolkovniklari Sh.Gʼoyibnazarov va X.Аbdullaevlar tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filiali talabalari oʼrtasida keng jamoatchilikka yetkazildi. Tadbirni tashkil etilishidan asosiy maqsad yoʼllarda harakatlanayotgan barcha ishtirokchilar oʼrtasida xavfsizlik qoidalari taʼminlash, yoʼl qoidalarini buzilishini va transport vositalalari bilan bogʼliq turli nohush holatlarni oldini olishdan iboratdir. Ushbu kuni “MEHR KUNI” ezgu aktsiyasi doirasida yoʼl patrul xizmati xodimlari yoʼllardan harakatlanish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan faqatgina ogohlantirish berilishi, jarima belgilanmasligi borasida tadbir ishtirokchilariga atroflicha yetkazildi. Shuningdek, Fargʼona viloyati hamda Respublika boʼylab transport vositalarida xarakatlanayotgan vaqtda, xushyorlikni oshirish, transport vositalari tezligini meʼyordan oshirmaslik, yoʼllardan harakatlanish qoidalariga amal qilinishi hamda yoʼl qoidasini buzgan shaxslarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilab berilgan miqdordagi jarimalar qoʼllanilishi boʼyicha tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushuntirishlar berib oʼtdi.

KIF yoshlar bilan ishlash bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari: N.Ibragimov