Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali akademik litseyida “Yosh shaxmatchi” sport musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2020-yil 18-dekabrdagi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali akademik litseyining 2020-yil 30-dekabrdagi № 28-sonli buyrug‘iga asosan akademik liseyda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va o‘quvchi yoshlarning shaxmat sport turiga qiziqishlarini inobatga olib, 2021-yil 2-fevral kuni akademik litseyda “Yosh shaxmatchi” sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa yakunida g‘olib o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.