Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Dasturiy injiniringi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Farg‘ona shahar 7 o‘rta umumta’lim maktabi «So‘ngi qo‘ng‘iroq» tadbirida ishtrok etdilar

2021 yil 25 may kuni yurtimizning barcha umumta’lim maktablarida bo‘lgani kabi viloyatimizdagi ta’lim maskanlarida ham joriy o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan «So‘ngi qo‘ng‘iroq» bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu jumladan Farg‘ona shaxar 7 o‘rta umumta’lim maktabi “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Dasturiy injiniringi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tadbirda ishtrok etdilar va Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga tabrigini yetkazib, shuning barobarida, o‘zlarining samimiy tilaklarini izhor etdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati