Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Direktori A. Rasulov hamda filialning professor-o‘qituvchilari Farg‘ona shahridagi 19-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar

2021 yil 25 may kuni bitiruvchilarga oq yo‘l tilash maqsadida Farg‘ona shahridagi 19-son umumta’lim maktabida o‘tkazilayotgan «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Direktori A. Rasulov hamda filialning professor-o‘qituvchilari ishtrok etdilar.

Tadbir davomida A. Rasulov, Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini yetkazib, hamisha o‘z oldilariga yuqori marralarni qo‘yish, har bir onlarini behuda o‘tkazmay doimo yangi va innovatsion bilimlar izlash va kelgusi o‘qishlarida, o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalariga kirishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishlariga ulkan muvaffaqiyat va yutuqlar tiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati