Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali talabalari “Talabalar haftaligi” ko’rik-tanlovida faol ishtirok etishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yil 10-17-noyabr kunlari “Talabalar haftaligi” oʻtkazilib, haftalik doirasida turli koʻrik-tanlov hamda nominatsiyalar eʼlon qilingan edi.

Mazkur tadbirlarda qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

“Munozara” intellektual oʻyinida ishtirok etib faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan filialimizning «TATUFF» jamoasi diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Kibersport yoʻnalishi boʻyicha ham 3-oʻrinni filialimiz talabasi egalladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati