Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi tomonidan “O‘zbektelekom” AK Namangan filialida o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi

Tashkil etilgan ushbu o‘quv laboratoriyasida soha bo‘yicha malaka oshirayotgan mutaxassislar foydalanishlari uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha uslubiy majmualar, uslubiy ko‘rsatmalar joylashtirildi.

Ushbu o‘quv laboratoriyasida soha bo‘yicha malaka oshirayotgan mutaxassislar uchun nazariy ma’ruzalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadda kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan soha korxonalari malaka oshirishdagi mutaxassislari uchun ma’ruzalar tashkil etish rejalashtirildi.