Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali TT va KT fakultetida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda talabalar o’qishni ko‘chirish, qayta tiklash, akademik ta’til olish va kunduzgi ta’lim tizimidan sirtqi ta’lim tizimiga o‘tkazish haqida qabul kommisiyasining mas’ul kotibi N.Ibragimov tomonidan kerakli ma’lumotlar olishdi.

Yakuniy nazoratlar natijalari va fanlarni o’zlashtirishlari ham muhokama qilindi.

Tyutor M.Norinov tomonidan talabalarga yozgi ta’til davomidagi o‘z vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida tavvsiyalar berildi.