Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 1 dekabr — butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

Davra suhbatida Farg‘ona viloyat OITS ga qarshi kurash markazi mutaxassisi U.Fayzullayev talaba-yoshlarga Oʻzbekistonda OITV/OITS bilan bogʻliq masalalar, Sogʻliqni saqlash vazirligining OITV/OITS xizmati tomonidan amalga oshirilishi, OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) — OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik ekanligi, kasallik inson immun tizimini o‘zgartirishi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshirishi, agar bu sindrom rivojlansa, sezuvchanlik yanada oshishi, OITV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchrashi, zararlangan odamning organizmiga ichki suyuqliklari orqali yuqishi, sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi, ba’zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkunligi, OITS ko‘p hollarda OITVni o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga kelishi, OITV asosan 3 yo‘l bilan: onadan bolaga, qon va jinsiy aloqa orqali yuqishi, kasallik bugungi kunda ham keng tarqalganligi, har yili dunyo bo‘ylab 1,5 milliondan ortiq odam OITV bilan kasallanishi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi va bu kunning maqsadi OITSdan aziyat chekayotganlar hayotini yaxshilash va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan virusni yo‘q qilish bo‘yicha keyingi tadqiqotlarga yordam berish kerakligini alohida takidlab o‘tdi.

Davra suhbati davomida OITS kasalligi bo‘yicha talabalar o‘zlarining qiziqtirga savollariga javoblar olishdi.