Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami shodiyonasi

1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalarimiz” shiori ostida bolajonlar uchun turli tanlov va musobaqalar tashkil etildi. Mazkur tadbirda filialda faoliyat olib borayotgan pofessor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlarning va filialga yaqin hududdagi mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalarning farzandlari bo‘lgan 50 nafarga yaqin bolalar ishtirok etdilar. Tadbirda multfilm qahramonlarining ishtirok etishi va bolalar uchun tayyorlangan sovg‘alarning multfilm qahramonlari tomonidan ulashilishi bolajonlarning quvonchiga quvonch qo‘shildi va tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Tadbir filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, Kasaba uyushmasi, Hisobxonasi, Sport klubi va Matbuot kotibi hamkorligida tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayramidan fotolavhalar