Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida 2021 yil sarhisobi bo’lib o’tdi

Yil davomida faol bo’lgan iqtidorli talabalar filial ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Ushbu forumda filialimiz direktori A.Rasulov talaba yoshlarni erishgan yutuqlari bilan taqdirladi va yanada ko’proq muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun o’zining tavsiyalarini berdi.

TATU Farg’ona filialining tarixi kitobi muallifi Nabijon Soliyev ham ushbu forum mehmoni bo’lib Karyera_TATU (https://t.me/Karyera_TaTu) kanali tomonidan tashkillashtirilgan savol-javobda faol qatnashganlarni tabrikladi va talabalarga TATU Farg’ona filiali haqida bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni aytib berdi.

Yil davomida faol bo’lgan iqtidorli talabalar va ularning ota-onalari ham ushbu forumga taklif qilindi. Filial ma’muriyati tomonidan iqtidorli, faol talabalarning ota-onalari ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Ushbu forumni yanada qizg’in o’tishi uchun 5 ta muhim tashabbus doirasida filial bilan hamkorlik qilib kelayotgan sportning Boks turi bo’yicha olimpiada chempioni, jaxon chempioni Bektemir Meliqo’ziyev ham ishtirok etdi.

TATU Farg’ona filialiga tashrif buyurgan Bektemir Meliqo’ziyev filial rahbariyati tomonidan talabalarini sportga jalb qilish, jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan ishlardagi hamkorligi uchun tashakkurnoma va esdalik savg’alar bilan taqdirlandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati