Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida bitituvchilarni ish bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borildi

Farg’ona viloyati IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bosh inspektori mayor Ikromov Umidjon, katta inspektori Qalandarov Shuhrat va Farg’ona viloyati IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti kapitan Abdullayev Abdumalik, filial o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Tojiboyev Ibrohim va talaba yoshlar, tyutorlar, professor o’qituvchilar va marketing bo’limi boshlig’i Nematov Bekzod ishtirokida talabalarni ish bilan ta’minlash bo’yicha seminar trening bo’lib o’tdi. Tadbir davomida talabalar IIB sohasi bo’yicha ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar va o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.