Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida PQ-4436-sonli Qarorni keng tushuntirish, yoshlar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhidni sog‘lomlashtirish yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Davra suhbatida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Farg‘ona viloyati vakilligi bosh mutaxassisi Ilhomjon Mirzahmedov, Farg‘ona shahar Bosh imom xatibi Jo‘rabek Rahmonov, Farg‘ona shahar Bosh otinoyisi Manzuraxon Ahmadaliyeva, Farg‘ona viloyat Afg‘onchi jangchilar uyushmasi a’zosi Abbos Tillaxo‘jayev, filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, 10 nafar filial tyuterlari va 180 nafar talabala-yoshlar ishtirok etdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati