Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida “Talabalar haftaligi” doirasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha Direktor kubogi ning finali bo‘lib o‘tdi

Finalda Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 650-19 guruh talabalari va Kompyuter injiniringi fakulteti 615-18 guruh talabalari qatnashdi.

O‘yin natijalariga ko‘ra:
1️-o‘rinni 650-19 guruh talabalari
2️-o‘rinni 615-18 guruh talabalari egallashdi.

Ushbu talabalar filial direktori tomonidan 17-noyabr “Talabalar kuni” da majlislar zalida tantanali ravishda esdalik sovg‘alari va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati